• 10:37 – Туманнинг асосий иктисодий ривожланиш кўрсатгичлари 
  • 16:06 – МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТ НИМАЛАРГА ЙЎНАЛТИРИЛАДИ? 
  • 17:57 – Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига қилган Мурожаатномасидаги суд-ҳуқуқ соҳасидаги ислоҳотлар юзасидан 
  • 09:28 – Давлат солиқ қўмитаси ҳузурида Фискал институт ташкил этилишидан мақсад нима? 

O'QITUVCHILIK-ENG NUFUZLI KASB

Ha,o'qituvchilik-eng  nufuzli kasb.Boisi ular har bir insonning kelajagi,ertangi kuni uchun jon kuydirib saboq beradilar.
      Bu kasb qanchalik mashaqqatli va sharafli ekanligini faqat o'z ishi yoki kasbini sevib,unga umrini baxshida qilgan kishigina tushunishi mumkin.
    Mustaqillikdan keyin,ayniqsa,yaqin 5 yillik tarixga nazar tashlasak ham,muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalq ta'limi sohasida ulkan islohatlar amalga oshirildi.Pedagog xodimlarning nufuzini yanada yuksaltirish,ularni jamoat ishlariga jalb qilmaslik,oylik maoshining oshirilishi  ham soha xodimlariga qaratilgan alohida e'tibor namunasi bo'ldi.
        Maktab ta'limining 9+3 sxemadan 11 yillik o'rta maktab ta'limiga qaytarilishi ham ko'plab fuqarolarning dilidagi ish bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.Bugungi kun o'qituvchisi o'tgan asrdagi hamkasblaridan mutlaqo farq qiladilar.Chunki ularga o'z bilimi va malakasini oshirish,o'z takliflari bilan chiqib,ta'lim sohasidagi jarayonlarga bevosita fikrlarini bildirishlariga barcha imkoniyatlar yaratilgan.O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov o'zining bir she'rida shunday degan edi:

Shoirga dedilar:shoirlik zo'r-da,
El-yurt ardoqlaydi,hamma taniydi.
Shoir javob qildi:menda bir armon:
Muallim desalar meni qaniydi.

    Pedagoglarning yuragida bir olam faxr tuyg'ularini uyg'ota oladigan ushbu o'tli misralar ayni paytda xalq ta'limi xodimlariga bir olam kuch-g'ayrat bag'ishlasa ajabmas.
 
 NIZOMIDDIN ESHMURODOV,
Nurobod tumanidagi 31-umumta'lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi.Shoir.
 

Туман хаётига оид энг сўнгги янгиликлар каналига обуна бўлинг!

Изоҳ қолдириш
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ижтимоий тармоқларда