• 15:53 – "Долзарб 15 кунлик" 
  • 17:28 – Fermer xo‘jaligi tashkil etish tartibi 
  • 10:10 – Туманда пахта терими бошланди 
  • 09:45 – Туманда 2022 йил ҳосили учун кузги бошоқли дон экиш бошланди 

Fermer xo‘jaligi tashkil etish tartibi

Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.

Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.

Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun, avvalo, uni tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari ajratish tartibi Yer kodeksi, Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun va Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi asosida amalga oshiriladi.

Yer kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari:

- ochiq tanlov asosida;

- o‘ttiz yildan ellik yilgacha bo‘lgan muddatga;

- zaxira yerlari yoki qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan ajratilishi nazarda tutilgan.

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasining o‘lchami yer uchastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan holatda mahalliy sharoitlarni, shuningdek fermer xo‘jaligida ishlovchilar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.

Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar, shuningdek, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolar boshqa teng sharoitlarda ustuvor huquqdan foydalanishi belgilangan.

Fermer xo‘jaliklariga yer ajratish fermer xo‘jaligining maʼlum bir faoliyat yo‘nalishga ixtisoslashganini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.

Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi.

Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami, bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishlicha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.

Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.

Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.

Fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi. Uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.

Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli.


 

Туман хаётига оид энг сўнгги янгиликлар каналига обуна бўлинг!

Изоҳ қолдириш
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ижтимоий тармоқларда