• 15:53 – "Долзарб 15 кунлик" 
  • 17:28 – Fermer xo‘jaligi tashkil etish tartibi 
  • 10:10 – Туманда пахта терими бошланди 
  • 09:45 – Туманда 2022 йил ҳосили учун кузги бошоқли дон экиш бошланди 

Qonunchilikda fermerlar uchun qanday imtiyoz va imkoniyatlar mavjud?

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohatlar zamiri va avvalo iqtisod manffati yotibdi.Bu bugun boshqa sohalar kabi qishoq xo‘jaligi sohasida ham ko‘rib sezib turibmiz.
Jumladan agrar sohada yetakchi kuchga aylangan fermer xo‘jaliklari uchun yaratib yebrilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar takamillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 3 mart kuni «Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yana-da qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi. 
2021 yil 1 martdan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yo‘nalishidagi krediti bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlik subyektlariga, ularning kredit bo‘yicha qarzdorligi to‘liq qoplanmaguncha, yangi kreditlar bo‘yicha jamg‘armaning kafilligidan yana foydalanishga ruxsat beriladi.
 Prezidentning 18.03.2019 yildagi «Chorvachilik tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4243-son qarori 2-bandiga muvofiq berilgan imtiyozlar chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
           2021 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50% miqdorida qo‘llaniladi. 
 Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarlar respublika hududiga olib kirilganda ularni olib kirishda hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddati 180 kunga uzaytiriladi, to‘langan QQSning hisobot davri yakunidagi salbiy farq summasi soliq to‘lovchining arizasiga asosan tezlashtirilgan tartibda 20 kundan kechiktirmasdan qoplab beriladi. Soliq summasi qoplab berilgandan so‘ng kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi.
 2021 yil 1 iyuldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan xo‘jaliklarga quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan subsidiyalar ajratiladi:
-         chorvachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m;
-         parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 800 so‘m;
-         baliqchilik xo‘jaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m.
 Subsidiyalar QQSdan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, shuningdek kontragentlarni tanlashda lozim darajada ehtiyotkor bo‘lgan korxonalarga ularning subsidiyalar olish to‘g‘risidagi arizalariga asosan keyingi oyning 25-sanasigacha ajratiladi.
Nurobod tuman adliya bo’limi
 

Туман хаётига оид энг сўнгги янгиликлар каналига обуна бўлинг!

Изоҳ қолдириш
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ижтимоий тармоқларда