• 15:53 – "Долзарб 15 кунлик" 
  • 17:28 – Fermer xo‘jaligi tashkil etish tartibi 
  • 10:10 – Туманда пахта терими бошланди 
  • 09:45 – Туманда 2022 йил ҳосили учун кузги бошоқли дон экиш бошланди 

Fermer xo‘jaligi tugatish, ular bilan uzoq muddatli ijara shartnomasini bekor qilish tartibi...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son qaroriga asosan,“Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
Yer uchastkasini shartnoma asosida quyidagilar ijaraga beradilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga — tuman va shahar hokimlari;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.
 Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan Yer kodeksining 24-2- moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘zining ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqlidir.
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, biroq o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin.
Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.
 Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
 Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fermer xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga binoan,qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan,moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga binoan tugatiladi.
Nurobod tuman adliya bo’limi
 

Туман хаётига оид энг сўнгги янгиликлар каналига обуна бўлинг!

Изоҳ қолдириш
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ижтимоий тармоқларда