• 15:53 – "Долзарб 15 кунлик" 
  • 17:28 – Fermer xo‘jaligi tashkil etish tartibi 
  • 10:10 – Туманда пахта терими бошланди 
  • 09:45 – Туманда 2022 йил ҳосили учун кузги бошоқли дон экиш бошланди 

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda fermer xo‘jaligining o‘rni

Agrar sohada amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarmoqni kelgusida rivojlantirish istiqbollari fermer xo‘jaliklarini har tomonlama rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Buni davriy statistik maʼlumotlar, faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini rag‘batlantirish va uyg‘unlashtirish, ularga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy xujjatlar dadil sifatida xizmat qilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi sohasida hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlikning rivojlanishi o‘z natijalarini bermoqda. Shuni taʼkidlash joizki, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari sifat jihatdan ham maʼlum ijtimoiy iqtisodiy yutuqlarga erishdi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari agrar sohaning yetakchi bo‘g‘iniga – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylanmoqda.
 Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini kengaytirish yoki chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish evaziga emas, balki asosan intensiv rivojlanish, yaʼni ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini oshirish evaziga taʼminlanmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlarini amalga oshirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatining jadal rivojlanishida unga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati darajasining o‘rni muhimdir. Shuning uchun infratuzilma muassasalarining ko‘rsatadigan xizmatlari zamon talablari asosida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning natijasida fermer xo‘jaliklari subyektlarining mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarni tashkil qilish, aholining daromadlari va farovanligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo‘lada. 
Mamlakatizda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkiliyiqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omilidir. Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zaminida qishloqni har tomonlama rivojlantirish, u yerda istiqomat qilayotgan odamlarning turmush farovonligini yuksaltirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda, avvalo, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish birinchi navbatdagi muhim masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan barchamizga ayonki, agrar soha iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi.Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va ko‘p tarmoqli fermerlarni yuqori unum bilan ishlaydigan qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan taʼminlash hisobidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida intensiv usullarga o‘tish ushbu sohani barqaror va samarali rivojlantirishda eng muhim yo‘nalish hisoblanadi.
Nurobod tuman adliya bo’limi
 

Туман хаётига оид энг сўнгги янгиликлар каналига обуна бўлинг!

Изоҳ қолдириш
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ижтимоий тармоқларда