• 16:06 – МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТ НИМАЛАРГА ЙЎНАЛТИРИЛАДИ? 
  • 09:28 – Давлат солиқ қўмитаси ҳузурида Фискал институт ташкил этилишидан мақсад нима? 
  • 18:58 – НУРОБОД ТУМАНИНИНГ АСОСИЙ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШ КЎРСАТКИЧЛАРИ 
  • 18:46 – Жиноят ишлари бўйича суд қарорларини қайта кўриш институти такомиллаштирилиши ҳамда маъмурий судлар тизимини оптималлаштириши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси ва Маъмурий суд ишларини юритиш тўғрисида 

Kitob yutuq uchun o'qilmaydi

Kitob eng yaxshi ustoz, mahoratli tarbiyachi, sirdosh do'st, tuganmas boylik va beminnat bilim manbayidir. Turli mazmundagi kitoblarni o'qib, uqqanimiz sari ongimiz rivojlanadi, dunyoqarashimiz o'sadi, sog'lom fikrlay boshlaymiz, aqliy salohiyatimiz kengayadi.

Kitoblar qariyb, o'qish va yozishni o'rganganimdan buyon mening eng yaqin do'stlarimga aylangan. O'qigan kitoblarimni avaylab-asrab, uyimizda mo'jazgina kutubxona ham yaratganman. Bu joy mening eng qadrdon maskanim. Menda kitoblarga mehr va muhabbat uyg'otgan inson bobojonim bo'ladilar. "Qush uyasida ko'rganini qiladi", deganlaridek, har doim bobomning qo'lida kitob ko'tarib yurishini ko'rgan biz, nabiralarning ham bolaligimizdan kitobga mehrimiz bo'lakcha bo'lgan. Bobom kitoblarini "mening boyligim" deydilar va bizga ham ularni asrab-avaylab o'qishni, pokiza asrashni o‘rgatadilar.

Yurtimizda kitobxonlikni targ'ib etish va yosh kitobxonlarni taqdirlash bo'yicha ko'pgina ko'rik tanlovlar tashkil etilmoqda. Men ham shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda 1-fevral kuni tumanimizda o'tkazilayotgan "Eng yaxshi kitobxon o'quvchi" ko'rik tanlovining hududiy-saralash bosqichida faxrli ikkinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldim. Tanlovda, garchi oliy o'rinni egallay olmagan bo'lsam-da, yetuk pedagog ustozlar, ilm va ma'rifatli insonlar bilan bir sahnada turganimdan faxrlandim, qolaversa, ko'plab kitobxon do'stlar orttirdim, bilmagan savollarimga javob topdim. O'sha kuni tanlov qatnashchilaridan biri: "Kitoblar moddiy emas, ma'naviy boylik" degan gapni aytdi. Men uning bu fikriga umuman qo'shilmayman. Kitob nega moddiy boylik bo'lmas ekan? Albatta, bo'ladi. Sababi, uni o'qiganingizdan so'ng, ma'naviyatingiz, ma'rifat va madaniyatingiz yuksaladi. Bu bilan xalq orasida obro' topa boshlaysiz. Ular orqasidan moddiy boylik ham ergashib kelaveradi. 

O'ylab ko'rganmisiz, biz nima uchun kitob o'qiymiz? Yutuq, sovrin va mukofotlar uchunmi? Menimcha, "haqiqiy inson bo'laman, yaqinlarimni qadrlayman", deya o'z oldiga maqsad qo'ygan kishi  bilimlarini yanada boyitish va bilmaganlarini o'rganish uchun mutolaa qilsa kerak. 

Biz yoshlar Vatanning ertasi va kelajagimiz. Hozir bizning vazifamiz o'qib-o'rganib, kelgusida xalqimizga, millatimizga foydasi tegadigan bilimli, aqlli va barkamol avlod bo'lib yetishishimiz, muhtaram Prezidentimizning ishonchlarini oqlashimiz, yurtimizni dunyolarga tanitadigan yetuk shaxslar bo'lishimiz shart! Bu maqsad yo'lida esa kitoblar bizni to‘g‘ri yo‘naltiradi. Zero, kitob tengsiz xazinadir.


Kamola SUVONOVA, 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

 

Туман хаётига оид энг сўнгги янгиликлар каналига обуна бўлинг!

Изоҳ қолдириш
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ижтимоий тармоқларда