• 10:11 – 1 январдан бошлаб Ўзбекистон қонунчилигида нималар ўзгаради 
  • 14:51 – Tadbirkorlar uchun imtiyozlar 
  • 13:32 – Soliqchi - koʻmakchi 
  • 11:52 – XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMAN KENGASHINING QARORI 

XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMAN KENGASHINING QARORI

 2023-yil 13-yanvar                                                                                          VI-65-6-7-99K/23.
Nurobod tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga 2023-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 9-dekabrdagi 06/04-34-4103-sonli, tuman hokimligi moliya boʻlimining 2022-yil 21-dekabrdagi 01-02-38/489-sonli, tuman davlat soliq inspeksiyasining 2022-yil 20-dekabrdagi 19/6-08260-sonli xatlariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish beshinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
1. Nurobod tumani Davlat soliq inspeksiyasining 2022-yil 20-dekabrdagi (19/6-08260-son) xati maʼlumot uchun qabul qilinsin. 
2. Nurobod tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun 2023-yilda yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan yer soligʻi stavkalari miqdori 1-ilovaga;
3. Nurobod tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun 2023-yilda jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan yer soligʻi (dehqon xoʻjaligi yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlardan tashqari) stavkalar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlariga 1-2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Tuman hokimligi matbuot kotibi (E.Pardayev)ga mazkur qarorni “Nurobod” gazetasida rasmiy eʼlon qilish, rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir kun ichida tuman hokimligining nurobod.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (S.Suyarov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (R.Ibragimov) zimmalariga yuklansin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

     Kengash raisi                     S.Berdiqulov 
      
       
1-ilova
2023-yil Nurobod tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun MFYlar kesimida yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari
2-ilova
2023-yil Nurobod tumanida mahallalarning iqtisodiy rivojlantirishiga qarab jismoniy shaxslarning yer soligʻini hisoblash uchun oshiruvchi yoki kamaytiruvchi stavkalar (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan tashqari)

 

Tuman xayotiga oid eng so‘nggi yangiliklar kanaliga obuna bo‘ling!

Izoh qoldirish
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ijtimoiy tarmoqlarda