• 10:11 – 1 январдан бошлаб Ўзбекистон қонунчилигида нималар ўзгаради 
  • 14:51 – Tadbirkorlar uchun imtiyozlar 
  • 13:32 – Soliqchi - koʻmakchi 
  • 11:52 – XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMAN KENGASHINING QARORI 

🌲 ARCHALAR NEGA QURIB QOLADI?

🌲 ARCHALAR NEGA QURIB QOLADI?              

         Umumxalq  hashari – bu biz o‘zbeklarda boshqa xalklarda uchramaydigan bu har yili  takror va takror o‘tkaziladigan yaxshi bir udum. Bu kun butun mamlakatimiz bo‘ylab har bir mahalla, tashkilot va o‘quv muassalarida kutarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan bahorgi hashar tadbiri o‘tkaziladi. Bu kun  butun mamlakatimiz bo‘ylab millionlab mevali va manzarali daraxt  kuchatlari ekiladi. Yo‘l yoqalari qarovsiz yotgan yerlar bir kunda o‘zgacha bir qiyofa kasb etadi. Bu albatta yaxshi, lekin eng achinarlisi ushbu daraxtlarimizning qanchalik tutib ketishida . Urxa ur qancha mablag‘ sarflab daraxtlar  ekamiz, ammo keyin qarovsiz qolgan daraxtlar saratonga yetmay qurib qoladi. Tutib ketgani ham ayni balog‘atga yetganda bilimsizligimiz tufayli kasallik yoki zararli xasharot tasirida kurib koladi. Manzarali daraxt kuchatlaridan eng ommabop ekilayotgan turi bu mojivelnik daraxti. Ushbu daraxt o‘zimizning mahalliy sharoitga moslashuvchan chidamli shu bilan birgalikda kurkam, hoxlagan shaklni berib,  o‘zgacha bir holatga keltirish mumkin. Vaqtida suvini berib ozuqasi berilsa bir yilda bir metrgacha o‘sishi mumkin. Har narsaning bir xayrli, bir yomon tomoni bo‘lgani kabi bu daraxtning ham o‘z kushandasi bor. Bu "Archa unsimon kurti" zararkunandasidir. Bu hasharot yaxshi yashnab turgan mojivelnik daraxtini qoldirilsa ikki hafta ichida quritib qo‘yishi mumkin. Archa unsimon qurti asosan may oyining ikkinchi yarmidan boshlab kuchli ko‘payish fazasiga o‘tadi. Bitta hasharot 250-350 tagacha tuxum qo‘yib bir oyda bir necha mingtagacha ko‘payadi. Eslataman ushbu hasharot faqatgina mojivelnik daraxtiga zarar keltiradi. E’tibor qilayapsizmi ohirgi turt-besh yilda ichida, ma’suliyatsizligimiz tufayli ushbu daraxt turi shaharlarimizda qanchalik kamayib ketayapti, to‘g‘rirog‘i qurigandan keyin kesilayapti. Bu daraxt anomal sovuq tufayli eldor qarag‘ayiga o‘xshab sovuq urish natijasida qurimaydi. Arzimagan mana shu hasharotning zararlashi natijasida quriydi. Xush, buni  zararlanganini qanday aniqlaymiz deyishingiz mumkin. Daraxt yaproqlariga yaxshilab nazar solganingizda oddiy ko‘z bilan ham bemalol ko‘rish mumkin. Ko‘rinishidan huddi kanaga o‘xshaydi. Archa unsimon qurti daraxt yaproqlari va tanasiga mahkam yopishib,  uning shirasini so‘rib oziqlanadi va o‘zining izidan oq rangli mogorsimon iz qoldiradi, shu tufayli unga shunday nom berilgan. O‘zlaringizga ma’lum  ko‘cha va muassasalar atrofiga ushbu manzarali daraxt turi  ko‘plab ekiladi. Har yili bo‘limimiz inspektorlari barcha muttasadi tashkilotlarga borib, sohaviy tushuntirish ishlarini olib boramiz, tavsiyalarni beramiz, lekin afsuslar bo‘lsinki ayrim ma’suliyatsiz rahbar va muttasadilar o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarashi oqibatida daraxtlarimiz baribir  qurib qolishda davom etayapti. Bitta shu turdagi daraxt bozorda 25-35 ming turadi, olib ekasiz parvarishlaysiz, yaxshi shaklga kelib balog‘atga yetguncha besh un yil umringiz ketadi, keyin ma’suliyatsizligingiz tufayli va vaqtida kurash chorasi o‘tkazilmasligi oqibatida daraxt quriydi. Daraxtni saklab kolish qiyin ish emas , shahrimizning har kanday vet aptekasida yoki o‘simliklar klinikalarida ushbu hasharotga qarshi preparatlar topiladi. Men sizga arzon va samarali insektotsidlarni- atilla,  BI-58 (yangi), nurell D yeki bagira preparatlarini   tavsiya qilaman. 

        Zero,   shunday ko‘rkam va manzarali daraxtingizni saqlab qolasiz. Xulosa o‘zingizdan!                                    

                G. BOYMURODOV,  o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Nurobod tuman bo‘limi fitosanitar nazorati inspektori

 

Tuman xayotiga oid eng so‘nggi yangiliklar kanaliga obuna bo‘ling!

Izoh qoldirish
  • Изоҳлар
  • Бугун
  • Читаемое
Ijtimoiy tarmoqlarda